FIKSIZM

FIKSIZM (lotincha fixus — qattiq, o’zgarmas) — yer yuzasida kontinetlarning qo’zg’almas bo’lib joylashuvi haqidagi va yer pusti rivojlanishida vertikal yo’nalgan tektonik harakatlarning hal qiluvchi roli to’g’risidagi tasavvurdan kelib chiqadigan tektonikayaagn 2 yo’nalishning biri. 20-asrning 60-yillari o’rtalarigacha, ya’ni mobilizm g’oyasi yuzaga kelguncha Fiksizm geologiyaning asosiy yo’nalishi bo’lib kelgan. Fiksizm tushunchasi asosida, plita, platforma, antiklinoriy va boshqa terrigen materiallarning siljishi manbalari, chuqur yoriqlarning mavjudligi, bir rNning o’zida bir tipli magmatizmning uzoq vaqt paydo bo’lishi tushuniladi. Yer yuzasidagi tektonik sharoitdagi asosiy farqlar, Fiksizm g’oyasiga binoan, yerning ichki qismi endogen rejimining farqlari bilan aniqlanadi. Fiksizm g’oyasi mobilizmga teskari tushuncha hisoblanadi.