FILATELIYA
FILATELIYA (Fransuzcha philatelie, Yunoncha Phileo — sevaman va ateleia — to’lovdan ozod qilish) — aloqa to’lovi belgilari (markalar, etiketkalar, shtempellar va boshqalar), shu belgilar tushirilgan xatjildlar va otkritkalarni o’rganish va to’plash bilan shug’ullanish. 19-asr 40-yillari oxirida vujudga kelgan. “Filateliya” terminini frantsuz marka to’plovchisi G.Erapen 1864 yil kiritgan. 19-asr 60-yillaridan boshlab Filateliyaga doir kataloglar, jurnallar nashr qilinadi, 70-yillaridan boshlab Filateliya ishqibozlari jamiyatlari tuzila boshladi. Filateliya ashyolari 3 yo’nalishda: tarixiy, mavzuviy va xronologik yo’nalishlarda to’planadi va o’rganiladi. O’zbekiston Respublikasida filatelistlar jamiyat 2003 yilda tashkil qilingan.