FILCHALAR
FILCHALAR (Curculionidae) — qo’ng’izlar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Boshining oldingi qismi naysimon cho’ziq bo’lib, xartumni eslatadi. “Xartum”i uchida kemiruvchi og’iz organlari va mo’ylovlar bo’ladi. Kurtlari S shaklida, oqish rangli va oyoqsiz, tuprokda va o’simlik to’qimalarida rivojlanadi. 45000 dan ziyod turi ma’lum. O’zbekistonda 1000 ga yaqin turi uchraydi. Filchalarning shakli va rangi har xil. Uzunligi 3-60 millimetr. O’simlikxo’r. Ayrim turlari qishloq xo’jaligi ekinlariga va omborlarda saqlanadigan oziq mahsulotlariga ziyon yetkazadi. Fitonomuslar, ombor uzuntumshug’i (mita), sholi filchasi ayniqsa keng tarqalgan.