FILDING
FILDING, Filding (Fielding) Genri (1707.22.4, Sharpempark, Glastonberi yaqinida — 1754.8.10, Lissabon) — ingliz yozuvchisi. Ingliz ma’rifatparvarlik adabiyotining yirik vakili. Iton kollejida (1719— 27), Leyden universiteti (Gollandiya, 1728— 30) va Templ (London)dagi yuridik maktabda (1737-40) o’qigan. 1730 yildan dramaturg sifatida tanilgan. 25 ta komediya va farslar yaratgan. Satirik “fojialar fojiasi” pyesasi (1730) Fildingga Shuhrat keltirgan. “Templlik olifta”, (1730), “don Kixot Angliyada” (1734), “Paskvin” (1736), “1736 yilning tarixiy taqvimi” (1937) kabi komediyalarida poraxo’r sudyalar, sotqin sayohatchilar, firibgar savdogarlar fosh etilgan. Keyinchalik Filding bu komediyalardagi satirik tanqidiy yo’nalishni o’zining romanlariga ham ko’chirgan. “Marhum Bukj Jonatan Uayld tarixi” (1743), “topib olingan Tom Jons tarixi” (1749), “Ameliya” (1752) va boshqa romanlarida ma’rifatparvarlik gumanizmidagi inqirozning ayrim ko’rinishlari o’z aksini topgan, sentimental-didaktik ohanglar kuchaygan, shuningdek, o’sha davr Angliyasi uchun dolzarb bo’lgan bir qancha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va axloqiy muammolar ko’tarilgan. Filding o’z romanlarini “komik epopeyalar” deb ta’riflagan. Yozuvchi ijodiga xos bo’lgan demokratik kayfiyatlar uning pamfletlarida ham yaqqol seziladi. Filding ijodi keyingi davrlar Angliya va Yevropa adabiyotiga kata ta’sir ko’rsatgan. Ad.: Rodjers P., Genri Filding, M., 1984; Elistratova A. A., Angliyskiy roman epoxi Prosvetsheniya, M., 1966.