FILLAR

FILLAR (Elephanditae) — xartumlilar turkumi oilasi. Ba’zi sistematiklar fikricha, kenja oilasi. 2 urug’i: Afrika Fillari (2 tur) va Osiyo Fillari (1 tur) bor. Fillar, asosan, Osiyo va Afrikaning o’rmon hamda savannalarida tarqalgan. Bo’yi 4-4,5 metrgacha, og’irligi 5-7,5 tonnagacha. Terisi kalta va siyrak tukli. Oyoqlari yo’gon, baquvvat. Barmoqlari (oldingi oyoklarida 5 ta, orqadagisida 4 yoki 5 ta) tuyoqqa o’xshash shoxsimon tuzilma bilan qoplangan. Oyoq kaftining tagida yumshoq massa bo’lib, filning tovusheiz harakatlanishini ta’minlaydi. Bir kunda 100 kilometrcha yo’l yurishi mumkin. Jag’ining ustki va pastki qismida 1 tadan oziq tishi bor, ular vaqt-vaqti bilan yeyilib tulik shox-shabbalari, bargi, mevasi, kurtaklari va boshqalar (bir kunda 100 kilogrammcha) bilan oziqlanadi. 70-80 yil yashaydi. Eng qadimgi Fillar qoldig’i yuqori pliosen davri yotqiziqlaridan topilgan. Go’shti ovqatga ishlatiladi. Fil suyagi, dumidagi qattiq qili va terisidan turli buyumlar yasaladi. Hind fili xonakilashtirilgan, ishchi hayvon sifatida foydalaniladi. Ko’plab ovlanishi va yashash muhitining buzilishi natijasida Fillar ning soni kamayib ketgan. Barcha turlari muhofaza qilinadi.