FILON ALEKSANDRIYALIK

FILON ALEKSANDRIYALIK (miloddan avvalgi taxminan 21 yoki 28 — Aleksandriya — milodiy 41 yoki 49) — yahudiy-yunon faylasufi. Iudaizm aqidalarini Platonning idealistik ta’limoti va stoisizm bilan bog’lagan. Filon falsafasining asosida ikki qoida: Xudoning mutlaqligi va g’oyalar tug’risidagi stoikplatoncha ta’limot yotadi. Logos haqidagi nazariyani yaratgan. Xristian ilohiyotining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatgan.