FIR, FIL, AL-FIR

FIR, FIL, AL-FIR — Xorazmning qadimgi poytaxti; Amudaryoning so’l sohilida joylashgan. Arab manbalarida al-Mansura deb ham atalgan. Beruniyning xabar berishicha, “Alfir Xorazm shaxri (Kat) ning chekkasidagi loy va xom g’ishtdan qurilgan qal’a bo’lib, bir-birining ichiga joylashgan va balandlikda bir-biridan qolishmaydigan uch qavatli qo’rg’on edi… Alfir o’n milcha va undan ko’proq masofadan ko’rinar edi. Jayxun har yili uni buzib, yiqitib va parchalab olib keta berdi; nihoyat Iskandar tarixining 1305 yilida (milodiy 993 yil) undan asar krlmadi”. Shundan so’ng poytaxt Gurganj shahriga ko’chirilgan. Fir xarobalari Shabboz (hozirgi Beruniy) o’rnidadir.