FIRN

FIRN (nemischa firn — o’tgan yilgi, eski) — muz donalarining qayta kristallanishi natijasida hosil bo’lgan yirik donador muz. Firn qor bilan muz oralig’idagi bosqich bo’lib, yog’in, asosan, qor ko’rinishida yog’adi, tog’larning yoz bo’yi erib ulgurmaydigan qor chizigidan yuqorida joylashgan qismida va qutbiy o’lkalarda yuzaga keladi. Qor quyosh radiatsiyasi, iliq havo ta’sirida qayta kristallanishi va suv bug’ining sublimasiyasi natijasida Firnga aylanadi. Firn zichligi 0,45 dan 0,8 g/sm3 gacha. Tog’muzliklarida Firn qalinligi 20-30 metr, Antarktidada 100 metrgacha yetadi.