FISHER GANS EYGEN

FISHER GANS EYGEN (1881.27.7, Xexst — 1945.31.3) — nemis organik kimyogari va biokimyogari. Marburg universitetini tugatgan (1904). Insbruk (1916 yildan), Vena (1918 yildan) universitetlarida va Myunxen oliy texnika maktabida professor (1921-45). Asosiy ilmiy ishlari pirrol va uning hosilalari kimyosiga oid. Xlorinlar va boshqa pirrol birikmalarini sintez qilgan (1920). Qondagi gemoglobin globin oqsili va tarkibida temir tutgan gemin kompleksidan iborat ekanligini aniqlagan (1929). Nobel mukofoti laureati (1930).