FITOMELIORATSIYA
FITOMELIORATSIYA (fito… va melioratsiya) — ekinlar ekish va ko’chat o’tqazish yo’li bilan yerni yaxshilash va unumdorligini oshirish. Fitomelioratsiyadan ko’pincha ko’chma qumlarni mustaqkamlash (to’sish) va qumlikda daraxtzorbutazorlar barpo etish, yaylovlarni yaxshilash va yuvilgan tog’ yonbag’irlarini, daryolar yoyilmalarini, sho’rlangan yerlarni, grunt suvlari yer yuziga yaqin yotgan maydonlarni o’zlashtirish, shuningdek, dalalarni qurg’oqchilik, kuchli shamollardan muhofaza qilish maqsadlarida dala ihota urmonzorlari barpo etishda foydalaniladi.