FITR
FITR (Arabcha — ro’za yakuni sadaqasi), fitr sadaqa, fitr ro’za — Islomda Ramazon oyi tugashi munosabati bilan beriladigan sadaqa (Fitr 2,5 kilogramm xurmo, arpa, un, guruch yoki ularning qiymati miqdorida belgilangan). Muhtojlikda yashovchi oila a’zolari ham hayit kuni to’q yashasin degan niyatda joriy qilingan va vojib amallar safiga kiritilgan. U o’ziga to’q musulmonlarning muhtoj va hojatmandlarga qiladigan xayr-ehsonlaridir. Fitr asosida fuqarolar, miskinlar, bevabechoralar va hojatmandlarning qalblariga hayit oldidan bir oz bo’lsada shodlik va hurramlik baxsh etish, ularni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash va oqibat natijada, odamlar orasida mehrshafqat tuyg’ularini uyg’otish yotadi.