FIZALIS

FIZALIS (Physalis), paqpaq — tomatdoshlar oilasiga mansub bir yoki ko’p yillik o’simliklar turkumi; sabzavot ekini. Yovvoyi holda 100 dan ortiq turi tropik va subtropik mintaqalarda, ko’proq Markaziy Amerikada tarqalgan. Ayrim turlari Afrikaning Janubi sharqida uchraydi. Fizalis Yevropaga 18-asrda, keyinchalik Osiyoga keltirilgan. Asosan, Meksika Fizalissi yoki Meksika pomidori (P. ixocarpa); tukli Fizalis (R. pybescens) va Peru Fizalissi (Peru olchasi) (P. perusiana) yetishtiriladi. Meksika Fizalissi ko’p tarqalgan. Tarkibida 8-9% quruq modda, 33,133,6% yog’, 18,4 19,5% oqsil, 17,6— 18,1% kletchatka, 4,48,3% kul, 3-4% qand, 5— 10% pektin, 20— 30 mg % S vitamini hamda karotin, organik kislotalar, achchiq moddalardan fizalin va alkaloidlar (0,260,4%) bor. Shifobaxsh. Mevasi nordonshirin, Tuey ochsariq, ko’kish; yangiligida, qayta ishlangan holda iste’mol qilinadi. Peru Fizalissi (5-12 g) yumaloq oval, sariq, to’q sariq, nordonshirin. Mazasi qulupnay ta’mini beradi. Etishtirish agrotexnikasi pomidordan farqqilmaydi. Konserva sanoatida, souslar, murabbo, tuzlamalar tayyorlashda ishlatiladi. Pishgan mevalaridan limon kislota olinadi. Ad.: Pivovarov V. F., Aramov M. X., Dubrusskaya E. G. va b., Fizalis. Ovotshnie i baxchevie kulturi v Uzbekistane, M., 2001.