FIZIOLOGIK ERITMALAR
FIZIOLOGIK ERITMALAR – tarkibidagi tuz miqdori osmotik bosimi va boshqa xossalari bo’yicha qon plazmasiga yaqin turadigan suvli eritmalar (0,9% li NaCl, glyukozaning 4,5% li eritmasi, Ringer, Lokk eritmalari va boshqalar). Fiziologik eritmalar, odatda, izotonik eritmalar deb ham yuritiladi. Tarkibi jihatidan qon plazmasiga ko’proq Ringer, Lokk va Tirode eritmalari yaqin, bularda NaCl dan tashqari K.S1, SaS12, NaHCOj, ba’zan MgCl,, fosfatlar va glyukoza bo’ladi. Tibbiyotda (davolash maqsadida organizmga yuboriladi) va organizmdan ajratilgan a’zolarni o’rganishda (tadqiqot ishlarida) Fiziologik eritmalardan foydalaniladi.