FLAMINGOLAR
FLAMINGOLAR, qizil qanotlilar (Phoenicopteriformes) — qushlar turkumi. Gavdasining uzunligi 91 — 120 santimetr. Tumshug’i pastga egilgan; tili va tumshug’i chetlaridagi muguz tishchalari yordamida balchiqdan va loyqalangan suvdan mayda qisqichbaqasimonlar, chuvalchanglar, o’simliklar urug’i va boshqa oziq moddalarni sizdirib oladi. 1 oilasi 6 turi bor. Avstraliyadan boshka barcha tropik va subtropik hududlarda tarqalgan. O’zbekiston hududida bitta turi — oddiy flamingo, ya’ni qizilqanot Amudaryo vodiysi, Orol dengizi, Zarafshon, Farg’ona vodiysi suv havzalarida qushlar uchib utishi davrida uchraydi. Kaspiy dengizi Janubda qishlaydi. 50 tadan 25 mingtagacha qushlardan iborat koloniya hosil qiladi. Qumdan va loydan konussimon uya qurib, 1-2 ta tuxum qo’yadi. Tuxumlarni nari va modasi navbatlashib 30 kunga yaqin bosadi. Ilgari ovlangan. Soni kamayib borayotganligi tufayli ovlash taqiqlangan. O’zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar qizil kitobiga kiritilgan.