FLEYTA
FLEYTA (nemischa Flote) — puflama musiqa cholg’u asbobi. Obnus va boshqa daraxt yog’ochi (dastlab yog’ochdan, hozirda — asosan metall)dan yasaladi. Boshcha (puflanadigan og’zi va tiqini bilan) hamda 2 asosiy bo’g’indan (chalg’ich teshiklari bn) iborat. 1830-y.larda nemis sozandasi, soz ustasi va kompozitor T. Byom tomonidan takomillashtirilgan zamonaviy Fleyta klapanli mexanizm bilan jihozlangan. Xromatik tovushkatorga ega. Diapazoni (3 oktavadan oshiq — h yoki S1 — S4 yoki E4) va ijro imkoniyatlari kengligi tufayli hozirda simfonik va puflama sozlar orkestrlari, turli ansambllar tarkibida hamda yakkanavoz soz sifatida keng qo’llaniladi. O’zbekiston davlat konservatoriyasida, musiqiy kollej va litseylarda Fleyta sinflari mavjud. Ijrochi va ustozlardan H.Isoqov, R. Yunusov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar A. Malkeyev, A. Karagadaev, A. Sayfullayev va boshqalar mashhur.