FLORIDA

FLORIDA — shimoliy Amerikaning Janubiy Sharqiy qismidagi yarim Orol, sharqda Atlantika okeani va garbda Meksika qo’ltig’i bilan o’ralgan. Maydoni 115 ming kilometr kvadrat. Relefi yassi tekislik, eng baland joyi 100 metr. Asosan, ohaktoshlardan tuzilganligi uchun karst relef shakli ko’p. Iqlimi shimolda subtropik, Janubda tropik okean iqlimi. Qishi iliq, yozi seryomg’ir. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 14 -21°, iyulniki 27 — 29°. Yillik yog’in 1200 -1400 millimetr. Kuchli to’fonlar bo’lib turadi. Ko’l va botqoqlik ko’p. Daryolari qisqa va sersuv. Shimolda subtropik, Janubda tropik o’simliklar o’sadi. Evergleys milliy bog’i tashkil etilgan. Sharqiy sohil qismida kurort ko’p: Mayami, Mayamibich, Uestpalmbich va boshqalar. Kanaveral burnida va Merritt orolida kosmik markazga ega Kennedi nomli Sharqiy sinov maydoni joylashgan.