Floristik rayonlashtirish, fitogeografik rayonlashtirish

Floristik rayonlashtirish, fitogeografik rayonlashtirish – Yer sharini turli hududlarining florasi xususiyatlariga qarab rayonlashtirish. Floristik rayonlashtirishning asosiy regianal birliklari: floristik zona, o`lka, kichik o`lka, provinsiya, uchastka, okrug va rayon. Masalan, O`rta Osiyoda quyidagi 7 ta provinsiya ajratiladi: 1) Turon cho`l provinsiyasi; 2) Markaziy Qozog`iston provinsiyasi; 3) Janubiy Turkiston provinsiyasi; 4) Turkmaniston-Eron provinsiyasi; 5) Jung`oriya-Tyanshan provinsiyasi; 6) Markaziy Tyanshan provinsiyasi; 7) Pomir-Tibet provinsiyasi. Turon cho`l provinsiyasi, o`z navbatida, Qoraqum, Misriyon, Janubiy Qizilqum va Buxoro okruglariga bo`linadi.