FLORISTIKA
FLORISTIKA (flora so’zidan) — botanikaning bir bo’limi. Yer yuzidagi yoki uning bir qismidagi o’simlik turlari majmuini o’rganadi. Floristika ma’lumotlaridan o’simlik turlari yoki boshqa taksonomik guruhlar areallarini aniqlashda foydalaniladi, Floristika botanikaning sistematika, geobotanika, paleobotanika va boshqa bo’limlari bilan chambarchas bog’langan.