FLYUSLAR

FLYUSLAR (nemischa Flub — oqim) (metallurgiyada) — metallarning kavsharlanadigan yoki payvandlanadigan sirtida hosil bo’luvchi oksidlarni eritib yuborish, shlak hosil qilish, metal tarkibini kerakligicha o’zgartirish uchun mo’ljallangan material. Asosli (ohak, dolomit, pirit qoldig’i, kaltsiy, soda va boshqalar), kislotali (kvars, qum,. qumtuproqli chaqmoqtosh) va neytral (boksit, plavik shpati va boshqalar) xillari bor. Metallarni kavsharlash va payvandlashda Flyuslar sifatida kanifol, rux xlorid, ammoniy xlorid va boshqalar ishlatiladi. Rangli metallar va qotishmalarni oksidlanishdan saqlashda ishqorli va ishqorsiz metallar (tosh tuz, silvinit, kornallit, bura va boshqalar) xloridlari va ftoridlaridan foydalaniladi. Yoyli elektr payvandlash ishlari bevosita maxsus tayyorlangan Flyuslar ostida bajariladi.