FOLKLOR-ETNOGRAFIK ANSAMBLI

FOLKLOR-ETNOGRAFIK ANSAMBLI — havaskor ijodiy jamoa. Xalq ijodinint qo’shiq, raqs, o’yin, og’zaki drama kabi shakllarini mahalliy (milliy) urf-odat va marosimlarga bog’lab sahnaviy talqinini namoyish qiladi. O’zbekistonda ayollar (ananaviy) ansambli, masxarabozlik, baxshishoprlar, xalq sozandalari va boshqalar ijodi negizida 1970-yillarda madaniyat uylari qoshida tashkil topgan (“yor-yor”, R.Mazohidova, Qo’qon; “Gulyor”, L.Nurimova, Bo’stonliq va boshqalar). Folklor-etnografik ansamblining repertuari (ashula va raqs ansamblitn farqli o’laroq) muayyan viloyat (tuman, qishloq) badiiy an’analariga asoslanadi, chiqishlari esa ko’pincha malum xalq marosimi yoki bayram jarayonini ifodalaydi (“beshik”, “Sunnat”, “Mu-chal”, “Nikoh” tuylari, “Navro’z” bayrami, “Dehqon yili”, “Sharq bozori” kabi sahnalari va boshqalar). 1980 yillardan boshlab Folklor-etnografik ansamblilarining tuman, viloyat va respublika ko’rik-tanlovlari (1987, 1991, 1994, Toshkent; 1989, Namangan va boshqalar), 2002 yildan Boysunda YUNESKO dasturi asosida “Boysun bahori” ochiq folklor festivali o’tkaziladi. “Chodir Jamol” (“Marg’ilon”), “Beshqarsak” (Urgut), “Chiroqchi chiroqlari” (Chiroqchi), “Momogul” (qarshi), “Gavhar” (Bek-temir), “Gap-gashtak” (Forish tumani), “Boysun”, “Shalola” (Boysun), “Orazibon” (Xiva), “Anor” (Sariosiyo), “jildi xalak” (Kegeyli), “dil-kushod navolari” (Xo’jaobod), “Chavqi” (Bulungur), “Mardona” (Vobkent) va boshqa Folklor-etnografik ansamblilari mashhur. Ular xalq sayillari, milliy bayram va boshqa tadbirlarda faol qatnashadi. Ko’plari Amerika, Yevropa, Osiyo mamlakatlarida o’tkazilgan tanlov va festivallarda laureat unvoniga sazovor bo’lgan. 1980-90 yillardan bolalar Folklor-etnografik ansamblilari ham faoliyat ko’rsatmoqda (“Quralay”, “Gulg’uncha”, Surxondaryo viloyati; “Dilrabo”, Sirdaryo viloyati va boshqalar). Rustambek Abdullayev.