FOLLIKULIN
FOLLIKULIN (Folliculinum), estron — ayollar jinsiy gormoni. Homilador ayollar yoki bo’g’oz hayvonlar siydigidan olinadi. Suvda erimaydigan, efirda, atsetonda va yog’da yaxshi eriydigan kristall modda. Tuxumdonlar funktsiyasi yetishmovchiligida, ayollar jinsiy a’zolari yetarli rivojlanmaganida, amenoreyada buyuriladi. Yog’li eritma holida ampulalarda 1 ml dan chiqariladi.