FORMALIZM

FORMALIZM (lot. formalis forma, shaklga oid) — inson faoliyatining turli sohalarida shakl (forma)ni mazmunga nisbatan ustun qo’yish. Urf-odat, axloq qoidalarini, hatto hayotiy vaziyat ularni ahamiyatsiz qilib qo’yganda ham, so’zsiz bajarishda, kishi ko’ziga qonunni hurmat qilayotgandek bo’lib, aslida unga ko’pda rioya qilmaslikda ko’rinadi. Jamiyatni boshqarishda byurokratizm, to’rachilikda namoyon bo’ladi.