FORTEPIANO
FORTEPIANO (italyancha forte — kuchli va piano — kuchsiz, sekin) — Royal va piavdsholarning umumiy nomi. 18-asr boshida B. Kristofori (Italiya), J. Marius (Frantsiya) va K.G. Shryoter (Germaniya) tomonidan ixtiro qilingan. Keyinchalik Fortepiano mexanizmi va shakli I. A. Shteyn, I. A. Shtreyxer (Avstriya), A. Bekers (London), S. Erar (Parij) va boshqa ustalar tomonidan takomillashtirilgan. Tovush ogaeishlarini bosish orqali kigiz qoplangan yog’och bolg’achalar bilan torlarga urish natijasida xreil qilinadi. Klavesin va klavikorddan dinamikasi o’zgaruvchanligi (masalan, kuchli peggedan astasekin piano darajasiga o’tish imkoniyatlari) bilan farq qiladi (nomi shundan). Fortepiano uchun ilk asarlarni I. Gaydn, V. A. Mosart, L. Betxoven va b. ijod qilgan. F. o’zining keng ijroviytexnik hamda ifodaviy imkoniyatlari tufayli Yevropa ko’p ovozli musiqasida asosiy yakkanavoz va jo’rnavoz soz sifatida keng o’rin olgan. O’zbekistonda Fortepiano musiqasi 1920-30- yillarda V. Uspenskiy, B. Nadejdin qayta ishlagan o’zbek xalq kuylaridan boshlab, keyinchalik G. Mushel, X. Izomov, B. Gienko, Sayfi Jalil, N. Zokirov, oxirgi yillarda D. Saydaminova, R. Abdullaev, A. Nabiev, M. Otajonov, D. Omonullaeva va boshqalarning miniatyuralari, Sonata va kontsertlari, ko’p qismli turkumlari bilan boyidi. O’zbekistonda Fortepiano ijrochiligi san’ati rivojiga A. Lisovskiy, N. Yablonovskiy, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar O. Yusupova, A. Sharipova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi T. Popovich, xalqaro tanlovlar g’olibi E. Mirqosimova, A. Sultonov, U. Polvonov va boshqalar o’z hissasini qo’shgan.