FOS
FOS, Fes — Marokashning shimoliy g’arbiy qismidagi shahar. Fos viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 772 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Savdotransport markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Muhim sanoat markazlaridan. To’qimachilik, oziq-ovqat, yog’ochsozlik, kimyo sanoatlari rivojlangan. Stanoksozlik zavodi bor. Hunarmandchilikda mato to’qiladi, sopol idishlar va teridan turli buyumlar tayyorlanadi. Mamlakatning madaniytarixiy markazi. Mag’ribning diniy markazlaridan biri. Mashhur Karauin musulmon universiteti (859.), Marokash san’ati muzeyi bor. Shaharga ilk bor 8-asrda asos solingan bo’lib, 3 qismdan iborat: Fos albali (eski Fos, 789 yilda Idrosi I asos solgan), Fos aljadid (yangi Fos, 1276 yilda qurila boshlagan) va 1916 yildan keyin qurilgan zamonaviy shahar. Shahar 9— 10-asrlarda Idrisiylar davlati markazi bo’lgan. 13-15-asrlarda Mariniylar davlati, 14-asrdan Magribning siyosiy markazi. 1911 yilda Fosni frantsuzlar bosib olgan. 1956 yildan Marokash mustaqillikka erishgach, Fos tez rivojlana boshladi.