FOSFATLAR
FOSFATLAR — fosfat kislota tuzlari va efirlari. Ortofosfat va polimer (yoki kondensatlangan) Fosfatlarga bo’linadi. Kondensatlangan Fosfatlar tetraedrik [RO4]3~ guruxlarning o’zaro birlashish usuliga ko’ra polifosfatlar, metafosfatlar va ultrafosfatga bo’linadi. Polifosfatlar — RO3— o—ro,— zanjirlardan iborat [RO4]3~ guruhlardan tuzil gan (zanjirlarda 105 gacha fosfat atomlari bo’lishi mumkin). Metafosfatlarda [RO4]3~ tetraedrlar berk xalqalar hosil qiladi. Ultrafosfatlar tarmoklangan zanjir va halqalardan tuzilgan. Ultrafosfatlar tarkibida Me,o:R2O5 nisbati 0>1 dan kichik bo’ladi. Ultrafosfatlar suvda kam eriydi. Ular suvda gidrolizlanib turli meta va polifosfatlar hosil qiladi. Ortofosfatlar — ortofosfat kislota (N3RO4) tuzlari. Ular bir almashingan [masalan, KN2RO4, Sa(N2RO4)2 va boshqalar], ikki almashingan [masalan, (NH4)2 NRO4, NH4NaHPO4 va boshqalar] va uch almashingan [masalan, SA3(RO4)2, NH4MgPO4 va boshqalar] ortofosfatlarga bo’linadi. Fosfatlar tarkibidagi [RO4R~ anion xam tetraedrik tuzilishga ega. Nordon ortofosfatlar qizdirilganida qizdirish sharoitiga qarab halqasimon metafosfatlar yoki zanjirsimon polifosfatlar hosil bo’lishi mumkin. Normal (o’rta) ortofosfatlar (Me’,RO4) qizdirilganida o’zgarmaydi, lekin kation termik beqaror bo’lsa, parchalanib uchuvchan mahsulotlar ajralib chiqishi mumkin. Bir almashingan ortofosfatlar suvda eriydi. Ikki va uch almashingan ortofosfatlardan faqat ishqoriy metallar hamda ammoniy ortofosfatlari suvdagi eritmalarda gidrolizlanadi. Mac, NaH2PO4, Na2HPO4 va Na3PO4 larning 1%li eritmalarida rn 4, 6, 8, 9 va 12,1 ga teng. Bi, Sn, Ti, Zr, Hf, Th lardan boshqa metallarning ortofosfatlari kuchli kislotalarda eriydi. Suvda eruvchan ortofosfatlar hosil qilish uchun metallarning gidroksid yoki karbonatlari eritmasiga tegishli miqsorda N3RO4 qo’shiladi. Kaltsiy va ammoniy ortofosfatlar fosforli o’g’itlar, emallar, bo’g’iq shishalar ishlab chiqarishda, farmatsevtika sanoatida, olovbardosh materiallar tayyorlashda qo’llanadi. Kaltsiy va ammoniyning kristall holdagi, bir almashingan ortofosfatlari juda qimmatli segneto va pezoelektrik materiallardir. Tuzilishi turlicha polimer Fosfatlarni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: chiziqli polifosfatlar MEP+2 R”O3l+1> qalqali polifosfatlar MEP RpO3p. Bu yerda p — polimerlanish darajasi. Polimer Fosfatlarning xossalari kation tabiatiga, fosfatanionning tuzilishi, polimerlanish darajasi, fosfat strukturasi va boshqalarga bog’liq. Tsiklik metafosfatlar ichida trimeta, tetrameta, geksameta va oktametafosfatlar ko’proq o’rganilgan. Fosfat kislota efirlaridan bir, ikki va uch almashingan ortofosfatlar mavjud. Ular ROS13 ga spirt ta’sir ettirib olinadi. Pestisidlar, ekstragentlar va b. sifatida qo’llanadi. Ba’zi organik Fosfatlar (nuklein kislotalar, adenozintrifosfat kislotalar) tirik organizmlarda muhim funktsiyalarni bajaradi. Saidahrol To’xtayev.