FOSFIDLAR

FOSFIDLAR — fosforning metallar, shuningdek, fosforga nisbatan elektr musbat metallmaslar (V, Si, As va boshqalar) bilan bo’lgan birikmalari. Ishqoriy va ishqoriyer metallarning Fosfidlari suvda va suyultirilgan kislotalarda parchalanib fosfin ajratib chiqaradi. Ishqoriyer metallarning va mis guruhchasidagi metallarning Fosfidlari. issiqqa chidamsiz; bu xil Fosfidlar tarkibida nisbatan ko’proq fosfor tutganda yarimo’tkazgich xossaga ega bo’ladi. Oraliq metallar, lantanoid va aktinoidlar Fosfidlari kimyoviy barkaror, suv va suyultirilgan kislotalarda parchalanmaydi. Fosfidlar elementlardan 600-1200° da vakuum ostida sintezlash natijasida yoki inert gazlar atmosferada hosil bo’ladi; fosfinga metallar va metallmaslar yoki ularning oksidlarini ta’sir ettirib olinadi va hokazolar. Galliy Ga, indiy In va boshqa metallarning Fosfidlari yarimo’tkazgichlar, rux Fosfidlari kemiruvchilarga qarshi zaharli dori sifatida qo’llanadi. Fosfidlar ba’zi rangli metallar krtishmalarining antifriktsion xossalarini yaxshilash maqsadida ularning tarkibiga qo’shiladi. Pirotexnikada signal vositasi sifatida ishlatiladi.