FOSFIN
FOSFIN, rN, — fosforning vodorod bilan birikmasi; sasigan baliq hidi keladigan rangsiz gaz; zichligi 1,55 g/l, suyuklanishi temperaturasi — 133°, qaynash temperaturasi -87,8°. Qizdirilganda fosfor bilan vodorodga parchalanadi. Kimyoviy xossasi jihatidan ammiakka o’xshaydi. Kuchli qaytaruvchi. 100° dan yuqori trada havoda yonadi. Kaltsiy fosfid sa,R2 ga xlorid kislota NS1 ta’sir ettirib olinadi. Juda zaharli. O’z-o’zidan alangalanadigan suyuq Fosfin deb ataladigan difosfin R2N4 ning qaynash temperaturasi 65°, -99° da qotadi. Kislotalar b-n reaktsiyaga kirishmaydi. Uzoq vaqt saqlansa, o’zidan astasekin RN3 chiqarib sariq rangli qattiq Fosfin — R]2N6 ga aylanadi. Qattiq Fosfin suvda va organik erituvchilarda erimaydi.