FOSFORESSENTSIYA
FOSFORESSENTSIYA – uyg’otish tugagandan keyin ham ancha davom etadigan lyuminessentsiya. Fosforessentsiya bir necha sekund, minut, soat, oy va hatto yil davom etishi mumkin. Kristallofosforlarning Fosforessentsiyasi uyg’otish vaqtida ajraladigan elektronlar va kovaklarning rekombinasiyasi vaqtida sodir bo’ladi. Nurlanishning cho’zilishi elektronlar va kovaklarning turli “qopqon”larga ilinishi bilan bog’liq. Ular faqat “qopqon” chuqurligidan katta bo’lgan qo’shimcha energiya olibgina bu “qopqon”lardan ozod bo’lishi mumkin. Murakkab organik molekulalarning Fosforessentsiyasi ularning metastabil (oraliq) holatda bo’lishi bilan bog’liq. Organik molekulalar Fosforessentsiyasining ravshanligi, odatda, vaqt bo’yicha eksponentsial qonun bo’yicha kamayadi. Kristallofosforlar Fosforessentsiyasi ravshanligining so’nish qrnuni murakkab. Kristallofosforlar trasining ortishi, odatda, Fosforessentsiyaning so’nishini tezlatadi.