FOTIHA

FOTIHA (Arabcha — ochmoq, boshlamoq) — 1) Qur’onning birinchi (boshlang’ich) surasi nomi. Fotiha 7 oyatidan iborat bo’lib, unda Alloh taologa hamd, uning sifatlari, qiyomat kuni egasi ekanligi, ibodat, ixlos, duo, yolvorish, yaxshi ummatlarning zikri va yomon yo’ldan yurganlarning oqibati nima bo’lishi bayon qilingan; 2) biron voqea munosabati b-n o’qiladigan duo, Qur’onning ayrim qisqa suralaridan birini tilovat qilish. Islom an’anasida Fotiha — marhumning vafoti munosabati bilan oila a’zolariga biddirilgan ta’ziya. Bundan tashqari, “Fotiha” so’zi unashtirish tushunchasini, shuningdek, yaxshi tilak tilash, tabriklash kabi ko’chma ma’nolarni ham anglatadi.