FOTOREZISTOR

FOTOREZISTOR (foto va rezistor) — elektr qarshiligi yoritilganligiga bog’liq bo’lgan yarimo’tkazgichli rezistor; optoelektronika asbobi. Fotorezistorning asosiy qismi dielektrik asosga surilgan yorug’lik sezgir yarimo’tkazgich qatlami (qo’rg’oshin yoki kadmiy sulfidlari, kadmiy selenidi va boshqalar) yoki yarimo’tkazgich plastinkasi. Qatlam (plastinka)ga tok o’tkazuvchi kontakt (elektrod) lar joylashtiriladi. Namlik va boshqa ta’sirlardan saqlash uchun Fotorezistor maxsus qoplamaga olinadi yoki germetiklanadi. Fotorezistorlarning solishtirma integral sezgirligi ancha katta, biroq ular nisbatan inersion, yorug’lik ko’rsatkichlari chiziqli bo’lmaydi. Fotorezistorlar infraqizil, ko’rinuvchi, ultrabinafsha, rentgen va gamma nurlanishlarning intensivligini o’lchashda, fototelegraf alokada, tovush eshittirish qurilmalari, kuzatuvchi tizimlar, yorug’lik relelari va boshqalarda qo’llanadi.