FRAKIY TILI

FRAKIY TILI, frakiyadakiya tili — qadimda Bolqon yarim orolining shimoli sharqida, shuningdek, kichik Osiyoning shimoli g’arbida yashagan hind-yevropa qabilalari — frakiyaliklar tili; miloddan avvalgi 6-3-asrlarga mansub, yunon yozuvida yozilgan, izohlanishi qiyin bir qancha yozuvlar, antik va vizantiyalik mualliflar asarlaridagi ko’plab atokli nomlar, hoshiyaviy sharxlar, keyingi antik davr vrachi Dioskorid ro’yxatidagi dakcha o’simlik nomlari orqali ma’lum o’lik til. Hind-yevropa tillari oilasi tarkibidagi alohida guruhni tashkil etadi. Bolgar, rumin, rus olimlari tomonidan Frakiy tilining bir qator fonetik, leksik, morfologik xususiyatlari aniqlangan; yaxlit bog’liq matnlar yo’kligi sababli sintaktik jihatlari amalda o’rganilmagan. Frakiy tili elementlari (substrati) hozirgi Bolqon tillarida (asosan, rumin va alban tillarida) saqlanib qolgan.