FRAKTSIYA
FRAKTSIYA (lotincha fractio — yemirib, buzib tashlash) — 1) biror-bir siyosiy partiyaning siyosatini parlamentda ifoda etuvchi, mahalliy o’zinio’zi boshqaruvda, jamoat tashkilotlarida o’z organlariga ega bo’lgan ayni partiya vakillaridan iborat tashkiliy guruh; 2) aniq g’oyaviysiyosiy strategiyaga, bu strategik maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan platformaga ega bo’lgan siyosiy partiyaning aloxida qismi. 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi qonunining 13-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Parlamentida o’z partiyalarining g’oyaviysiyosiy maqsadlarini ro’yobga chiqarish, partiya dasturlari va platformasida ilgari surilgan rejalarni amalga oshirish uchun tegishli siyosiy partiyalardan nomzodi ko’rsatilgan deputatlarning ta’sis majlislarida ushbu partiyaning Fraktsiyasi tuzilishi mumkin. Fraktsiya uning rahbarining arizasi, ta’sis Majlisining qarori va tegishli hujjatlar asosida ro’yxatga olinadi. O’zbekiston Respublikasining “siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida”ni qonuniga muvofiq Fraktsiyaning moliyaviy, texnikaviy va qulay ish sharoitini yaratish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining tarkibida 5 ta siyosiy partiya — O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O’zbekiston “Adolat” sosialdemokratik partiyasi, O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, O’zbekiston Fidokorlar milliydemokratik partiyasi, tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O’zbekiston Liberaldemokratik partiyasi hamda saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bloklari faoliyat ko’rsatadi (2005). Narzulla Jo’raev.