FRANCHAYZING
FRANCHAYZING – chet ellik sheriklar bilan birgalikda ish olib borish usuli; shartnoma asosida texnologiya egasi bo’lgan firmaning tijorat yoki sanoat bo’limlarini sotish bilan birga mahsulotni ishlab chiqarish va uni chet ellik hamkorlar bozorida sotishda bevosita ishtirok etishdan iborat. Bu quyidagicha namoyon bo’lishi mumkin: bosh kompaniya kichik korxonaga o’zining savdo belgisidan foydalanib, muayyan turdagi tovarlarni ishlab chiqarish va sotish huquqini beradi. Buning uchun unchalik katta haq olinmaydi, biroq asosiy firma imijiga putur yetkazmaslik sharti asos qilib olinadi.