FRANK
FRANK (Fransuzcha franc) — 1) Frantsiya pul birligi. 1799 yildan livra o’rniga muomalaga kiritilgan. 1 Frank = 100 santimetr. Xalqaro ifodasi FRF. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 Frank = 91 so’m 32 tiyin (2002, Fevral). 2) Belgiya pul birligi. 1 Frank = 100 santimetr. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 45,68 F.; 10 F. = 148 so’m 49 tiyin (2002, Fevral). 2002 yil 1 yanvardan Yevropa Ittifoqi tarkibidagi mamlakatlarda yagona pul birligi — yevro muomalaga kiritilishi bilan Frantsiya va Belgiya Franklari 2002 yil 30 iyundan muomaladan to’xtatildi. 3) Shveytsariya pul birligi. 1 Frank= =100 santimetr. Xalqaro ifodasi SNG. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 Shveytsariya Franki = 705 so’m 19 tiyin (2003, Fevral). Shuningdek, Benin, BurkinaFaso, Burundi, Gabon, Gvineya, Kamerun, Kongo, Litxenshteyn, Lyuksemburg, Madagaskar, Markaziy Afrika Respublikasi, Monako, Mali, Niger, Ruanda, Senegal, Togo, Chad va boshqa mamlakatlar pul birligi ham Frank deb ataladi. Bu mamlakatlarda 1 Frank= 100 santimetr.