Fransiya
Rasmiy nomi — Fransiya Respublikasi. Poytaxti — Parij. Hududi – 549,2 ming km.kv. Aholisi – 62 lmn kishidan ortiq (2012). Davlat tili — fransuz. Dini — katolik (90%). Pul birligi — yevro. Geografik joylashuvi va tabiati. Yevropaning g‘arbidagi davlat. Janubda Ispaniya (chegara uzunligi — 623 km) va Andorra (60 km), janubi sharqda Monako (4,4 km), shimoli sharqda Belgiya (620 km) va Lyuksemburg (73 km), sharqda Shveysariya (573 km) va Italiya (451 km) davlatlari bilan chegaradosh. Janubda mamlakat 0‘rtayer dengizi, g‘arbda Biskay ko‘rfazi, shimoli g‘arbda La-Mansh va Pa-de-Kale bo‘g‘ozlari bilan tutashgan. 0‘rtayer dengizidagi Korsika oroli, to‘rtta dengizorti departamentlari — Martinika, Gvadelupa, Reyunon, Fransuz Gvianasi hamda dengizorti hududlari — Fransiya Polineziyasi, Yangi Kaledoniya, Sen-Pyer va Mikelon, Tinch okeanidagi bir qator arxipelaglar Fransiyaga tegishli. Chegarasining umumiy uzunligi (metropoliya va Korsika) — 28924 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 3427 km. Mamlakatning g’arbi va shimoli tekisliklardan iborat. Markaz va sharqda o‘rta balandlikdagi Markaziy massiv, Vogez, Yura togiari joylashgan. Janubi g‘arbda Ispaniya bilan tabiiy chegara hosil qilgan Pireney tog‘lari yotadi. Bu tog‘ tizmasining eng baland nuqtasi — Pik-de-Vinmal (3298 m). Mamlakatning janubi sharqida Fransiya va G‘arbiy Yevropaning eng baland cho’qqisi — Monblan tog‘i (4807 m) joylashgan Fransuz Alplari yotadi. Asosiy daryolari — Sena, Rona, Luara, Garonna. Ko‘llar Fransiyada ko‘p emas, eng yirik ko‘l — Jeneva (katt qismi Shveysariyada joylashgan). Asosiy tabiiy boyliklari: ko‘mir, temir rudasi, boksitlar, rux, baliq, yog’och. Haydaladigan yerlar hududning 32% ini, o‘rmon va to‘qaylar 27% ini, o‘tloq va yaylovlar 23% ini tashkil etadi. Iqlimi — mo‘tadil, Korsika orolida subtropik. Mamlakatning to‘rtdan bir qismini o’rmonlar tashkil etadi. 0‘rmonlarda eman, qarag‘ay, qoraqayin, qayrag‘och, oq qayin, archa, kashtan kabi daraxtlar, O‘rtayer dengizi bo‘ylarida zaytun, tok, palma, agavalar o‘sadi. Hayvonot dunyosini ayiq, tog‘ echkisi, muflon, tulki, bo’rsiq, ohu, kosulya, to‘ng‘iz, olmaxon, kaklik, burgut, flamingo (janubda) tashkil etadi.Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezidentlik respublikasi. Mamlakat tarkibiga 96 departamentga bo‘lingan 22 ta viloyat kiradi. Bundan tashqari dengizorti departamentlar va dengizorti hududlar ham Fransiya tarkibiga kiradi. Birinchi respublika 1792-yilda e’lon qilingan. So’nggi Konstitutsiya (V respublika) 1958-yil 28-sentabrda qabul qilingan. Milliy bayram 14-iyul — Bastiliya olingan kun (1789). Davlat boshlig‘i — prezident. Prezident Bosh vazir (Ministrlar Kengashi raisi)ni tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Senat (yuqori palata) va Milliy Majlis (quyi palata)dan iborat parlament tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Respublikani qoMlash birlashmasi, Fransuz demokratik ittifoqi, Respublikachilar partiyasi, Fransuz sotsialistik partiyasi, So‘l radikal harakat, Fransiya kommunistik partiyasi, Milliy front. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Fransiya dunyoning yuqori taraqqiy etgan sanoat, katta qishloq xo’jaligi resurslariga ega bo‘lgan mamlakatlaridan biridir. Sanoatning asosiy tarmoqlari (YIMning 1/4 qismi): mashinasozlik, kimyo, avtomobil, samolyotsozlik, elektronika, metallurgiya, tog‘-kon, to’qimachilik, oziq-ovqat. Unumdor yerlarning katta maydonlari, zamonaviy texnologiyalarning qo’llanilishi, hukumat subsidiyalari Fransiyani G‘arbiy Yevropada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yetakchi davlatga aylantirdi. Mamlakat iqtisodida tobora xizmat ko’rsatish sohasining salmog’i ortmoqda. 2012-yil YIM miqdori 2064,5 mlrd AQSh dollarni (aholi jon boshiga – 33,5 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YH davlatlari, AQSH, Yaponiya. Temiryo’llarining umumiy uzunligi — 34568 km (11674 km elektrlashtirilgan), avtomobil yo‘llari — 1551400 km (803000 km asfaltlangan), ichki suv yo‘llari — 15000 km. Asosiy portlari: Bordo, Gavr, Dyunkerk, Nant-Sen-Nazer, Ruan. Tarixi. М. a. I asrning o‘rtalarida Galliya (hoz. Fransiya) qadimgi Rim tomonidan bosib olinadi. Franklar Galliyaga V asrda kirib kelishadi. Frank qirolligi Karolinglar sulolasi vakili Karl Buyuk davrida qudrat cho‘qqisiga ko‘tariladi. 987-yilda hokimiyatga Kapetinglar sulolasi keladi. G’arbiy Yevropada Fransiyaning ta’siri XIII asrda Fillip II Avgust va Lyudovik IX davrida ortadi. XIV asrda hokimiyatga Valua sulolasi keladi. 1337-yildan 1453-yilgacha Fransiya Angliya bilan «Yuz yillik urush» olib boradi. Shu davrda ingliz qo‘shinlariga qarshi ozodlik kurashini Janna d’Ark boshlaydi. XVIII asrning oxirida absolyutizmning inqirozga uchrashi avvaliga podsho hokimiyatining cheklanishiga (1789-yilda Bastiliyaning olinishi, Milliy Assambleyaning tuzilishi), keyinchalik esa I respublikaning tuzilishiga (1792) olib keldi. 1793-yilda krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1799-yili Napoleon Bonapart davlat to‘ntarishi o‘tkazib diktatura o’rnatdi va 1804-yilda o‘zini Napoleon 1 nomi bilan imperator deb e’lon qildi. Bosqinchilik urushlari natijasida Fransiya deyarli butun Markaziy va G‘arbiy Yevropani o‘ziga bo‘ysundirdi. 1812-yilgi Rossiyaga yurish «Buyuk armiyaning» yakson qilinishi bilan tugadi. 1814-yilda rus qo‘shinlari Parijni bosib olishdi, bu holat Fransiyada Burbonlar restavratsiyasiga olib keldi. 1815-yilda Napoleon qisqa muddatga hokimiyatga qaytdi («100 kun») va Vaterloo magMubiyatidan so‘ng u butunlay hokimiyatni qo’ldan boy berdi. Fransiya inqilobdan oldingi chegaralarga qaytdi. 1830-yilgi inqilob burjua monarxiyasining o’rnatilishiga olib keldi. Navbatdagi 1848-yilgi inqilob natijasida Fransiyada II respublika e’lon qilindi. Imperator Napoleon III 1852-yili monarxiyani qayta tikladi. 1853- 1856-yillarda Fransiya Rossiyaga qarshi Qrim urushida ishtirok etdi. 1870-1871-yillardagi Fransiya-Prussiya urushi Elzas va Lotaringiyaning boy berilishi bilan tugadi. 1871-yil-Parij Kommunasining tuzilishi va halokati. Ill Respublika Konstitutsiyasi 1875-yilda qabul qilindi. 1914-1918-yillarda Fransiya I Jahon urushida ishtirok etdi va g‘alaba qozondi. Uning natijalariga ko’ra, Versal shartnomasi bo‘yicha Elzas va Lotaringiyani o‘ziga qaytarib oldi. Shuningdek, Saar viloyati, Togo va Kamerun ham Fransiyaga o‘tdi. I Jahon urushi davrida Fransiya nemis qo‘shinlari tomonidan okkupatsiya qilindi: mamlakat 2 qismga bo’lindi (bosib olingan hududlar va Muxtor Fransiya davlati). 1944-yili Normandiyaga ittifoqchi qo’shinlar tushirildi va Fransiya ozod qilindi. 1946-yili IV Respublika Konstitutsiyasi qabul qilindi. Fransiya 1949-yili NATOga a’zo bo‘lib kirdi. 1945- 1954-yillarda Vyetnamdagi mustamlaka urushlari natijasida Fransiya Hindixitoyni boy berdi. 1957-yilda mamlakat YI a’zosi bo’ldi. 1958-yilda ijroiya hukumat huquqlarini kengaytirgan yangi Konstitutsiya (V Respublika) qabul qilindi. 1960-yili Fransiyada mustamlaka tizimining parchalanish jarayoni boshlandi. 1962-yili Jazoir mustaqillikka erishdi. 1966-yili Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqdi. Fransiya 1970-1990-yillarda Yevropa integratsiyasining faol tarafdori bo‘lib keldi. 2005-yilda kelib chiqishi Osiyo va Afrikadan bo‘lgan muhojirlarning morozilik chiqishlari qator tartibsizliklarni keltirib chiqardi. 2007-yil may oyidagi prezidentlik saylovlarida N. Sarkozi g’olib chiqdi. Fransiya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatildi va ular o‘rtasida iqtisodiyot, fan-texnika, madaniyat sohalaridagi hamkorlik samarali tus oldi.