FRANTSUZLAR
FRANTSUZLAR — xalq. Frantsiyaning asosiy aholisi. 57 millionga yaqin kishi (1990-yillar o’rtalari). Frantsuz tilida so’zlashadi. Dindorlari katoliklar. Frantsuzlarning etnogenezida miloddan avvalgi 1-ming yillik o’rtalarida hozirgi Frantsiya hududiga kelib joylashgan kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar deb atashgan) muhim rol o’ynagan. Rim imperiyasi Galliyani (hozirgi Frantsiya hududi) bosib olgach (miloddan avvalgi 58—52-yillar), Frantsuzlar ular bilan aralashib ketgan. Gallarning romanlashishi bilan, ularning tili “lotin tili” bo’lib qolgan. 5-asrda german qabilalari — vestgotlar, burgundlar, franklarnint Galliyaga bostirib kirishi Frantsuzlarning etnik tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Frank davlashi tashkil topgan. 9-asrda bu davlat Buyuk Karl tomonidan yirik imperiyaga aylantirilgan. 9-asrda Frantsuzlar xalq bo’lib shakllangan. 18-asr oxiridagi Buyuk frantsuz itshilobi Frantsuzlarning millat bo’lib shakllanishida hal qiluvchi omil bo’lgan. Frantsuzlarning aksariyati sanoatda band, qisman dehqonchilik bilan shug’ullanadi.