FRIZ OROLLARI
FRIZ OROLLARI — Shimoliy dengizdagi bir guruh qumli orollar, Niderlandiya, GFR va Daniya tarkibida. Niderlandiyadan Yutlandiya yarim oroligacha taxminan 250 kilometrga cho’zilgan bo’lib, G’arbiy, Sharqiy va Shimoliy Friz orollariga bo’linadi. Materikdan vattlar yo’lagi bilan ajralgan. Qator tepalar (balandligi 20 metrgacha), vereekzor va qarag’ay o’rmonlari bor. Rezervatlar tashkil etilgan. Iqlim kurorta ko’p.