FTOR
FTOR (Yunoncha phthoros — o’lim, buzilish, lotincha Fluorum), Ftor — Mendeleev davriy sistemasining VII mansub guruhiga kimyoviy element; galogenlarga kiradi. Tartib raqami 9, atom molekulasi 18,9984. Ftor bir izotop |9G’dan iborat. Shuning uchun Ftor “sof element” hisoblanadi. Ftorning 5 ta radioaktiv izotopi sun’iy ravishda olingan. Ftorning dastlab ma’lum bo’lgan birikmasi kaltsiy ftorid Sag’2 dir. 1771 yilda shved kimyogari K. Sheele ftorid kislotasini oldi. A. Amper 1810 yilda ftorid kislotaning xlorid kislotaga o’xshashligiga asoslanib, xlor kabi yana bir element mavjud, u kashf etilishi kerak degan fikrga keldi. Frantsuz kimyogari A. Muassan 1886 yilda kaliy ftorid qo’shilgan suvsiz ftorid kislotani platina idishda — 55° da elektrolizlab ilk bor erkin Ftor olgan. Ftorning eng muhim minerallari: flyuorit yoki kaltsiy ftorid Sag’2 (tarkibida 48,7% Ftor bor) va kriolit Na3AlF6 (tarkibida 54,3% Ftor bor). Ftor birikmalari tabiiy suvda, o’simlik va hayvon organizmida uchraydi. Ftor Yer po’stining massa jihatidan 2,710~2% ini tashkil qiladi. Ftor och sariq tusli, o’tkir hidli, zaharli gaz. Nafasni bo’g’adi. Suyuqlanish trasi — 219,6°, qaynash temperaturasi — 188,1°. Gaz holatdagi Ftorning zichligi 1,693 g/l (0°, 760 mm sim. ust.da). Erkin Ftor 2 atomli molekula — G’2 dan iborat. Ftor birikmalari juda mustahkamligidan, uni kimyoviy usullarda erkin holatda ajratib olib bo’lmaydi. Ftor suv bilan reaktsiyaga kirishadi, benzol, xloroform kabi erituvchilarda eriydi. Ftor juda faol element, eng kuchli metallmas, eng kuchli oksidlovchi. Ftor kislorod va azotdan boshqa barcha elementlar bilan maqbul reaktsion sharoitda bevosita birikadi. Ftor vodorod bilan hatto qattiq holatda (-250°da) ham shiddatli reaktsiyaga kirishib vodorod ftorid ng’ hosil qiladi. Uning bilvosita usulda olingan kislorodli birikmasi G’2O zaharli gazeta Ftor platina, oltin va boshqa asl metallarga ularning cho’g’ holatida ta’sir etadi. Qo’rg’oshin, nikel va misning sirti Ftor atmosferasida 100°dayoq shu metallar ftoridlari qavati bilan qoplanadi va bu qavat metallni Ftorning keyingi ta’siridan saqlaydi. Ftor o’z birikmalarida — 1 valentli. Flyuorit CaF2 Ftor ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Unga 130° da sulfat kislota ta’sir ettirib vodorod ftorid olinadi. Sof holdagi Ftor olish uchun KFHF yoki KF2HF tarkibli tuzlarning elektrolizidan foydalaniladi. Olingan Ftorning asosiy qismi ftororganik birikmalar (freon CF2C12, vinil ftorid CH2=CHF) tayyorlash uchun sarflanadi. Suyuq Ftor raketalarda ishlatiladigan suyuq yonilg’ilar uchun oksidlovchi sifatida qo’llanadi. Gazsimon Ftor atom texnikasida uran (IV)ftoridni oksidlab uran ^1) ftoridga aylantirish uchun ketadi. Ftor, shuningdek, xlor ftorid C1F3 (bu modda suyuq raketa yonilgi uchun oksidlovchi sifatida ishlatiladi), kobalt, kumush, marganes, surma kabi metallarning ftoridlarini tayyorlashda qo’llanadi (bu ftoridlar ftorlovchi vosita sifatida ishlatiladi). Odam organizmida massa jihatidan 110~5% Ftor bor. Bir sutkada organizmga ovqat orqali 1 milligrammga yaqin miqdorda Ftor kiradi. U barcha organ va to’qimalar tarkibida bo’ladi, lekin uning asosiy qismi — 99,4%i qattiq to’qimalar (suyaklar, tishlar, soch)da to’planadi. Ftor — zaharli, u nafas yo’llari, o’pka va Markaziy nerv sistemasi va boshqa organlar (yurak, ko’z)ga salbiy ta’sir etadi. Ftor teriga tekkanda suv bilan yaxshilab yuvish kerak. Ftor o’tga chidamsiz, portlaydi. Shu sababli Ftor bilan ishlaganda ehtiyoj choralariga rioya qilish talab etiladi. Ad.: Kasimova S. S, Biogennie elementi, T., 1990; Parpiev N.A. Rahimov X.R., Muftahov A.T., Anorganikkimyo,. T., 2003. Stalina Qosimova.