FTOROPLASTLAR
FTOROPLASTLAR — tarkibida ftor bo’lgan plastmassalar. Ftor hosilali etilen gomopolimerlari va ularning boshqa ftor hosilali olefinlari; olefinlar, perftoralkilvinil efirlari b-n bo’lgan sopolimerlari. Politetraftoretilen va politriftorxloretilen katta ahamiyatga ega. Bu polimerlar oq rangli, kimyoviy jihatdan chidamli, issiq va sovuqqa bardoshli, yonmaydi. Politetraftoretilen [—SG’2 — SG’2—]” molekulyar modda 5105-2106, zichligi 2,2 g/sm3 (20°da). Kimyoviy chidamliligi jihatdan platina, kvars, grafit va barcha sintetik materiallardan ustun turadi; kuchli oksidlovchilar, qaytaruvchilar, kislotalar, ishqorlar, organik erituvchilarga chidamli. Suvda, yonilg’i va moylarda aynimaydi. Tropik iqlimga, zamburug’larga bardoshli. -269°gacha elastikligini saqlaydi, 415°da parchalanadi. Politriftorxloretilen [SG’2SG’S1] “, molekulyar modda 56000360000, zichligi 2,09— 2,16 g/sm3 (25°da). Oksidlovchilar, ishqorlar, kuchli kislotalar ta’siriga chidamli, efirlar va galogen hosilali uglevodorodlarda bo’kadi, aromatic uglevodorodlarda eriydi. 210°da suyuqlanadi, 270°da parchalanadi. Qo’llanish temperaturasi -196° dan +190° gacha. Tetraftoretilenning geksaftorpropilen bilan, shuningdek, perftorpropilvinil efir bilan bo’lgan sopolimeri yuqori termik va ishlanuvchanlik xususiyatiga ega. Tetraftoretilenning perftorolefinlar bilan bo’lgan sulfoguruhli sopolimeri issiqbardosh, kimyoviy jihatdan chidamli kation almashtiruvchi smola. U kislotaliligi jihatdan boshqa barcha qattiq ion almashtiruvchi smolalaryat ustun turadi. Yonilg’i elementlari uchun membrana sifatida ishlatiladi. Ftoroplastlar radikali polimerlanish asosida yoki tegishli monomerlarni sopolimerlab olinadi. Ftoroplastlardan plyonkalar, transportyor tasmalari, antifriktsion materiallar, tola va to’qima, laboratoriya idishlari, kimyoviy chidamli qoplamalar, metalloplastlar ishlanadi. Ftoroplastlardan yasalgan mahsulotlar elektr, radio va raketa texnikasida, mashinasozlikda, kimyo va oziq-ovqat sanoatida hamda tibbiyotda ishlatiladi. Ftoroplastlar MDH mamlakatlarida ftorlon, AQShda esa teflon nomida ishlab chiqariladi.