FUCHJOU
FUCHJOU — Xitoyning Janubiy Sharqiy qismidagi shahar. Futszyan provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 5,8 million kishi (1998). Mintszyan daryosi bo’yidagi yirik savdo porti. Kema verfi, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, elektronika, to’qimachilik, qog’oz, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Mahalliy qishloq xo’jalik va o’rmon xo’jaligi hamda dengiz mahsulotlari qayta ishlanadi. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan, lokli buyumlar, yog’och o’ymakorligi, chinni idishlar, bambuk va teridan turli buyumlar tayyorlanadi.