FUKIDID

FUKIDID (Thukydides) (miloddan avvalgi taxminan 460-400) — yunon tarixchisi. Afinalik badavlat aslzoda oilasida tutilgan; qarindoshlaridan unga Frakiya sohilidagi oltin konlar meros qolgan. Yaxshi ta’lim olgan, o’z zamonasining faylasuf va tabiatshunoslari bilan yaxshi aloqada bo’lgan. Fukidid siyosiy hayotda faol qatnashgan. Peloponnes urushi davrida (424 yil) strateg va Frakiya sohillari yaqinidagi Afina eskadrasi qo’mondoni. Biroq, Sparta sarkardasi Brasidning Amfipolni egallab olishiga to’sqinlik qila olmagani uchun Afinada qattiq qoralanib, quvg’in qilingan. Vatanidan olisda 20 yil quvg’inlikda yurgan Fukidid o’zining tarixiy asari uchun material to’plagan. 404 yil urush tutashi bilan Afinaga qaytib kelgan. Peloponnes urushi tarixiga (miloddan avvalgi 411 yilgacha) bag’ishlangan “Tarix” asari (8 kitobdan iborat) antik davr tarixshunosligining eng yuqori cho’qqisi hisoblanadi.