FUKUS SUVO’TLAR

FUKUS SUVO’TLAR (Fucales) qo’ng’ir suvo’tlar qabilasi (tartibi). Tanasining uzunligi 0,1—2 metr, ba’zan 10 metrgacha. Boshqa suvo’tlardan ko’payish tsikli bilan farq qiladi. Shakli har xil. Fukus turkumi vakili (Fucus) shoxlangan, dixotomik, qoraqo’ng’ir, tasmasimon plastinka shaklida. 300 turi (40 turkumi), asosan, 3 ta: fukusdoshlar (G’isaseae), tsistozirdoshlar (Cystoseiraceae) vasargasdosh suvo’tlar (Sargassaceae) oilasi bor. Fukus suvo’tlar Kaspiy va Orol dengizlaridan tashqari, barcha dengizlarda uchraydi. Fukus suvo’tlardan alginat, yem uni va o’g’it olinadi. Ba’zi turlari ovqatga ishlatiladi.