FULLERENLAR
FULLERENLAR — uglerodning sun’iy ravitshda olingan modifikasiyalari, uning klasterlari, ko’p qirrali tuzilishga ega fazoviy moddalar. 1985 yil amerikalik olim G. Kroto hamkasblari bilan hamkorlikda lazer yordamida grafitni bug’latib go’zal fazoviy ko’rinishga ega bo’lgan 32 qirrali S60 molekulasini kashf etdi. S60ning molekulyar modda 720,669, zichligi 2,5—3,0 g/sm3. Uglerodning yangi klasteri — S60ni mualliflar o’z vatandoshlari me’mor, muhandis — ixtirochi R.B. Fuller sharafiga fulleren deb atashni taklif etdilar. Buning boisi 1967 yil Monreal shahrida o’tkazilgan Jahon xalqaro ko’rgazmasida paviloni uchun kurilgan fazoviy geodezik gumbazning konstruktsion elementlari kashf etilgan yangi modda tuzilishining kattalashtirilgan ko’rinishini (futbol to’pini) eslatardi. Oradan ko’p vaqt o’tmay, uglerod klasterlari yulduzlar spektrlarida, meteoritlar, koinot zarralari va hatto oddiy kumir kurumida ham mavjudligi aniqlandi. 1988 yilda uglerod klasterlarining bir qator vakillari — S28, S32, S50 va S70 ham sintez qilindi. 1990 yil Fullerenlarning kristall shakldagi xillari olinib, ularga fulleritlar deb nom beriddi. Fulleritlar tarkibiga turli elementlar, jumladan, ishtsoriy metallar kiritilib, noyob xossalarga ega bo’lgan moddalar (fulleridlar) sintez kilindi. K3S6O 18 kda o’ta o’tkazuvchanlikni namoyon qildi. 20 ta 6 burchak, 12 ta to’g’ri 5 burchak va 32 qirrali Fullerenlar va uning birikmalari 1000° temperaturaga bardoshlidir. Fullerenlar — kelajagi porloq moddalar. Ular kimyo sanoatida, mashinasozlikda, kemasozlikda, aviasozlikda, yer osti inshootlari, binolar, sharsimon va geodezik gumbazlar qurilishida konstruktsion material sifatida qo’llanishi mumkin. Ad.:Jarikov O.V., Fullereni — materiali XXI veka, M., 1992,Axmerov Q., Futbol to’pini eslatuvchi modda, T., 2002. Qudrat Axmerov.