FUNT STERLING

FUNT STERLING (inglizcha pound yoki pound sterling) — Bukj Britaniya pul birligi. 1 Funt sterling = 100 pens (1971 yilga qadar Funt sterling = 100 shilling = 240 pens bo’lgan). 11-asrdan kumushdan, 14-asr o’rtalaridan oltindan ham tangalar shaklida zarb qilingan. Funt sterling banknotlarini Angliya banki 1694 yildan chiqara boshlagan. Jahondagi eng barqaror valyutalardan biri. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 0,7 Funt sterling = 1 AQSh dollari. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs bo’yicha 1 Funt sterling = 1581 so’m 22 tiyin (2003 yil may).