FUQARO AVIATSIYASI

FUQARO AVIATSIYASI – xalq xo’jaligi sohasi; havo yo’llari orqali yo’lovchi, yuk, pochta tashish, qishloq xo’jalikda va o’rmonchilik sanoatida, geologiya qidiruv ishlari, baliq ovlash, turli sanoat ob’ektlarini qurishda, joylarni Aerofotosuratga olish, tibbiysanitariya xizmatida va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Fuqaro aviatsiyasi tarkibida zamonaviy samolyotlar va vertolyotlar parki, texnika inshootlari tizimiga ega bo’lgan havo yo’llari tarmokdari, aeroportlar, aerodromlar, radio va meteostantsiyalar, zavodlar va ta’mirlashtexnika bazasi, ilmiy tadqiqot muassasalari, o’quv yurtlari faoliyat ko’rsatadi. O’zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi tarixi 1924 yil 12 mayda Toshkent— Avliyoota (Taroz) — Pishpek (Bishkek) — Olmaota havo yo’lida dastlabki yo’lovchilarni tashishdan boshlanadi.