FUQAROLARNING HUQUQ VA BURCHLARI
FUQAROLARNING HUQUQ VA BURCHLARI — fuqarolarning Konstitutsiya va qonun hujjatlarida o’z ifodasini topgan asosiy huquq va burchlari. Ular davlat organlari tomonidan muhofaza etiladi va bajarilishi nazorat qilinadi. O’zbekiston Konstitutsiyasining II bo’limida fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari quyidagicha turkumlanadi: 1) shaxsiy huquq va erkinliklar; 2) siyosiy huquqlar 3) iqgisodiy-ijtimoiy huquqlar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning quyidagi burchlari ko’rsatilgan: fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadrqimmatini hurmat qilishga; O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab a.ashga; atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga; qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburdirlar. O’zbekiston Respublikasini himoya qilish – O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o’tashga majburdirlar.