FUQAROLIK KODEKSI
FUQAROLIK KODEKSI (FK) – fuqarolik huquqining eng muhim va asosiy qoidalarini belgilaydigan kodifikatsiyalashtirilgan normalardan iborat qonun hujjati. FK fuqarolik huquqining asosiy manbai hisoblanib, fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari unga zid bo’lmasligi kerak. FK fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo’lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o’zga majburiyatlarni, shuningdek, boshqa mulkiy hamda u bilan borliq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. O’zbekiston Respublikasining FK 2 qismdan iborat bo’lib, uning 1-qismi 1995 yil 21 dekabrda, 2-qismi 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan hamda ikkala qismi bir vaqtda — 1997 yil 1 martdan kuchga kirgan. O’zbekiston Respublikasining FK 6 bo’lim, 71 bob va 1199 moddadan tashkil toptan. FKning 1-qismida fuqarolik huquqining umumiy qoidalari, tamoyillari, fuqarolik-huquqiy munosabatlar sub’yektlari, mazmuni va ob’yektlari, vakillik va ishonchnoma, muddatlar va da’vo muddati, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, majburiyat huquqining umumiy qoidalari, shartnomalar to’g’risidagi umumiy qoidalar belgilangan bo’lsa, Kodeksning 2-qismida majburiyatlarning aloxida turlari hisoblangan fuqarolik-huquqiy shartnomalarni, shartnomadan tashqari majburiyatlarni, intellektual mulk huquqi ob’yektlari bilan bog’liq munosabatlarni, vorislik huquqini va xalkdro xususiy huquq normalarini Fuqarolik xuquqiy munosabatlarga tatbiq etilishini tartibga soluvchi qoidalar mustahkamlangan.