FUQAROVIY JAVOBGAR

FUQAROVIY JAVOBGAR – fuqarolik ishi bo’yicha da’vogarning da’vo arizasi yuzasidan sudga javob berish uchun jalb kilingan shaxs. Da’vo talabi kimga nisbatan qaratilgan bo’lsa, o’sha shaxs javobgar sifatida e’tirof etiladi. Masalan, aliment undirish to’g’risidagi ishda aliment to’lashi shart bo’lgan shaxs, jinoyat orqasida yetkazilgan zararni undirishda ayblanuvchi shaxs Fuqaroviy javobgar sifatida ishga jalb qilinishi mumkin. Fuqaroviy javobgar da’vogarning talabini to’liq yoki qisman tan olishga, da’voga nisbatan e’tiroz va karshi da’vo berishga, qonunda belgilangan tartibda da’vogar bilan kelishuv bitimi tuzishga, sudning chiqargan qarorlari ustidan shikoyat berishga haqli.