FURAN

FURAN, furfuran — geterosiklik birikma; xloroform hidi keladigan rangeiz suyukdik. Molekulyar modda 68,07. Suyuqlanish temperaturasi 85,68°, qaynash temperaturasi 31,33°, zichligi 936,6 kg/m3. 25°da 100 gramm suvda 1 gramm Furan, 100 gramm Furanda esa 0,3 gramm suv eriydi. Furan ko’pgina organik birikmalarning boshlang’ichi hisoblanadi, bu birikmalardan aksariyatlarining amaliy ahamiyati katta, masalan, furfurol, tetragidrofuran Furan, asosan, furfuroldan olinadi. Furan tetragidrofuranni sintezlashda oraliq mahsulot hisoblanadi, u pirrol olishda ham ishlatiladi.