GABARDIN

GABARDIN (Fransuzcha gabardine, asl ma’nosi — uzun kamzul) — jun gazlama. Mayin qo’y junidan to’qiladi. Arkok va tanda iplarining o’ziga xos (sarja usulida) o’rilishi tufayli Gabardin sirtida 60-70° qiya yo’nalgan bo’rtma yo’l (chivik hosil bo’ladi. Gabardindan bahor va kuzda kiyiladigan mavsumbop yengil paltolar, ayollar kostyumi va harbiy (zobit)lar kiyimboshi tikiladi.